Nisbiylik Nazariyasi - Relativity of Time: Revisit
Ötgan hafta, Nisbiylik Nazariyasiga közim tuşgan edi.
Yoşligimda, “discovery science” degan TV kanalda şu xaqida eşitib hayollar surar edim. Suzma (çakki yoki qatiq)ni muzlatgiçdan olib, içiga murç, qizil qalampir va salgina tuz sepib, tomoşa qilar edim. Maktabda yoki qaysidir sinfdoşimni telefonidan “qora tuyniq” va quyoş, sayyoralar xaqida köp video körar edik.
Bir kuni quyoş - bu yulduzligini va uni yoqilgisi tugasa, u özini yeyişni boşlaşi va keyin esa portlab, oldidagi planetalarni yeyişini bilib qoldim. Haaa, deb jim bölib qoldim. Xali köp yil bor ekan deb quydim. Keyin esa, bir kuni mendan singlim quyoş xaqida sörab qoldi. Men esa, hammasini bafurja aytib beryapman: unga moşinaga uxşab yoqilği kerakligini, yoqilgisi tugasa portlashini va yerni ham yeb yuborishini…. Biroz ötib singlim qörqib, yiğlab yuborsa bo’ladimi.
Mana yillar o’tib, yana bir bor kosmos temasiga qaytdim. Hamma narsaga ishonuvchan bola sifatida emas, hammasiga shubha bilan qaraydigan va sal kattargan odam sifatida qaytgan edim. Fizika kitobi varaqlab o’tirganimda, bitta fizik masalaga közim tuşdi: “Siz kosmos kemasidasiz va uni tezligi 0.99c, va siz şu tezlik bilan 20 yil yurdingiz (özingizga nisbatan) va söng yerga qaytdingiz. Xuş, manaşu 20 yil, yer uçun ~neça yil böladi? (c - bu yoriğlik tezligi)”. Interstellar kinosi orqali va intuitsiya orqali aniq ayta olamizki, yerda vaqt ança ötgan böladi va buni yeçişda aniq formula bor (Lorentz formulasi). Meni öylantirgan narsa, BIZ, xozir 2026da, mana şunday kemani quriş uçun nima tösqinlik qilyotganini bilmoqçi böldim. Bunday kemani safsata demoqçi emasman. Fizikada kaşf etilişi kerak bölgan narsa talaygina. Biz, öşa bosqiçga yetganimiz yöq deb xisoblayman. Engi bu narsalar juda juda qiziq çunki bölayotgan hamma narsa Allohning qoidalari buyiça yuradi va biz öşalar kaşf etmoqdamiz.
Endi kosmos kemasiga keladigan bölsak. Tassavur qiling, bizda kema bor. Kema kosmosdagi radiatsiya, çanglar, toşlardan mustakam böilişi kerak. Ayniqsa, agar 0.99c tezlikka çiqsa, oddiygina kiçik toş, juda katta kuçga ega böladi. Qandaydir qurilma kerak böladi, öşa toşlardan himoya qilişga, qandaydir qalqonmi (qaysiki tezlaşgan sari qalgon mayda toşlardan himoya qiluvçi) kerak böladi. OK, aytaylik juda yengil va mustaxkam material topdik va qalqonni ham oylab topdik deylik. Keyin esa, bizga juda kuçli “motor” kerak. Qanday motor 0.99c tezligiga çiqa oladi? Atom bombasiga öxşagan kuçni öziga singdirib, juda katta tezlikka ega böladigan motormi yoki qandaydir yadroviy energiyaga asoslangan deylik. Ha mayli uni topdik deylik. Keyingi muammo - bu ikkita ixtironi bitta kemaga muayyang işlaşini taminlaşçi? Şunday tez harakatlaniş uçun bizga juda ham köp yoqilgi kerak böladi. Yoqilgi uçun kemada joy bölişi kerak.
Keyingi fundamental sistema bu kommunikatsiya va radar sistemasi! Agar kemamiz 0.99c tezlikda yursa, unda kemadan taşqariga yuborilgan radio tölqin tezligi deyarli bizniki bilan bir xil. Bu degani radio tölqin bilan bir oqimda bo’lish degani. Bizning tezligim sal kam bir xil böladi. Bu şuni anglatadiki yer bilan gaplaşiş usuli va kemani atrofida qanday obyektlar borligini biliş uçun bizga yangi innovatsiyalar kerak böladi. Tassavur qiling, siz 0.99c tezlikdasiz va agar radaringiz bölmasa va siz qandaydir katta qora tuynikka şartta kirib ketasiz. Kulguli eşitilişi mumkin, lekin bu xaqiqat:)
Kinolarda körganingizdek, kemada su’niy gravitatsiya va kislorod va yetarliça odamlar yaşay olişi uçun oziq ovqat va birinçi tibbiy yordam. Depressiyaga tuşsangiz menimça yomon ham tuşasiz va immunitet ham juda tez zaiflaşadi. Yana qiziq narsa, odamlar namoz öqiyotganda qaysi tarafga qarab öqiydilar? Javob yerni joylaşuviga qarab, öqiyveradilar bilişimça. Bu bitta kiçik masala bitta aka menda sörab qolgan edilar.
Kim bilsin yoki AI agentlar va robotlarni yuboramizmi birinçi ekipaş a’zolari sifatida keyin maymunlarmi va keyin esa odamlarnimi. Yoki ungaça savol javob kuni kelib qoladimi, kim bilsin.
Köryapsizki, yeçilişi kutib turgan muammolar talaygina. Bittasi topsangiz, xuddi qözi qorin terişga öxşaydi, agar bittasini yeçsangiz va boom yangi muammolar çiqib kelaveradi!