ICML26 menga nima berdi?
Juma oqşomi, men esa mehmonxonadagi xonamda ötiribman. Koreyaning yozgi yomğirlaridan hamda havosidan zerikib, ICML konferensiyasida bir hafta vaqtimni ketkazdim.
Birinçi örinda aytişim kerakki, men paper topşirmagan edim, şunçaki iştiroqçi sifatida borgan edim.
Volontyorlik qilib, men organizerlarni va ularning sistemasini tuşunib oldim. Boşqa volontyorlar bilan tanişdim, birga işladik. Men registratsiya bölimida har xil odamlarga “badge” tarqatdim va ularning kelganini sistemaga kirgizdim. Kelardi, men esa, “Hi, how are you doing today?” deb kiçik suhbat qilardim va öşa vaqtning özida printerdan badge çiqarib berardim. Oxirida esa, “have a good one (day)” deb xayrlaşardim. Har xil odamlar bilan gaplaşdim: kimdir professor, kimdir PhD, kimdir invited speaker, kimdir student, kimdir oddiy engineer. Har safar printerdan çiqqan badgeni öqir ekanman, OpenAI, DeepMind, maşxur universitetlar nomi yozilgan böladi, içimdan qizib ketib, men şu odamlarning suhbatini olişim kerak deb qöyardim. Axir ular qilgan maqola (iş)ni ICML a’zolari qabul qilişgan va taklif etişgan. Keyin bilsam, 4 soatlik volontyorlik paytimda, umumiy jamoa bölib 2000 odamni registratsiyadan ötkazgan ekanmiz.
Ikkinçi kun, tutorial va 800 poster soat 10:30dan 12:15gaça va yana 800 poster soat 14:00dan 15:45gaça edi. Odamlar soni xuddi çumolilar soniga teng edi. Ğiç-ğiç odam. Har bir posterda bir neçta odamlar, hojatxonalarda navbat, tuşlik paytida navbat, va qisqa qilib aytganda hammasi navbat edi. Bitta qizning daftaridanmidi yoki noutbukidanmi bitta yozuvni öqib qolgan edim: “What new idea I can take from X?” deb, prezentatsiya payti öziga qayd qilayotgan edi. Men esa bilmagan tuşunçalarni, qiziq tuyulgan mavzu va nazariyalarni qayd qilib yurgan edim. Shundan söng men ham nima ya’ni idea olsam deb qayd etib özimdan sörar edim.
Uçinçi kun, invited talkni eşitiş kerakligini bildim. Posterlardan özim eng yaqin tuyilganlardan 5 tasiga birinçi borib, şoşmasdan, özimni taniştirib, keyin savollar berdim. Qolgan payt esa “spotlight” posterga borib savollar berdim. “Spiking Neural Nets”, “Grokking”, “Heavy ball Methods”, “Deep Gen Models”, “RL for LLM”, “LLM in biology”, va hokazolarni kördim, rasmga oldim, va yuzma-yuz savol-javob qildim.
Törtinçi kun, Oral prezentatsiyalar va posterlardan taşqari, “Muslim in ML” workshopga qatnaşdim. Boşqa musulmonlar bilan mazza qilib tanişdim, gaplaşdim: men ularga özimning qiziqişlarimni aytib berdim, ular esa özlarinikini aytişdi. 3 ta poster sessiyadan (2400 posterlar) söng, hamma çarçagan, şu çarçoqni çiqariş uçun, tanişib, kulişib oldik. Umuman olganda, workshoplardan könglim qoniqmadi. Öylaganimdek foydali emas ekan. Oral prezentatsiyalarni juda juda qiziq va foydali deb topdim, çunki ular atiga 10 minut prezentatsiya qiladi, keyin savol bersangiz böladi va undan taşqari ularni poster sessiyasi paytida topib yuzma-yuz yanada çuqur savol-javob qilsangiz bölarkan.
Asosiy konferensiyaga paper topşiriş qiyin, ammo workshopga paper topşiriş oson ekan. Har xil workshoplar, asosiy konferensiyaga qöşimça sifatida qöşilar ekan. Workshoplarning sponsorlari asosan, FAANG kompaniyalar ekan. Workshoplar ba’zi bir odamlarga sponsor pulidan grant ajratarlar ekan.
Bir neçta özbeklarni kördim, birga ovqatlandik, gaplaşdik. Biri startupini va ğoyalari bilan ulaşdi, bir esa öz tadqiqot sohalarini aytib berişdi. Yana Eronlik professor bilan tanişib qoldim. U Özbekistonga professor bölib ketayotgan ekan. Mendan Özbekistonda yaşaş uçun maslahatlar söradi. Yana men boşqa Eronlik, Turk, Azerbayjon qardoşlar bilan tanişdim. Ha, hozir Özbeklar (umumiy ummat) bunday konferensiyada kamdirlar, ammo yaqin kelajakda köpayamiz inshaalloh.
Konferensiya sponsor kompaniyalardan olimlar va işga oluvçilar ham qilar ekan. Ularning özlarining budkasi (kiçik şoxobçasi) bölarkan, va birma-bir kirib savollar berasiz, va nima ustida işlayotganini va kompaniyada qanday vakansiyalar borligini bilar ekansiz. Appledagi bitta researcher bilan gaplaşib qoldim. Men unga qanday tadqiqot qilişimni aytsam, kulib qöyib, bizga senga öxşagan odamlar uçun vakansiyalar juda köp deydi. Men ham keyin kulib qöydim. LGdagi AI team, Naverdagi AI team, OpenAIdagi va MBZUAIdagi va Xitoy gigantlari bilan biroz bölsa-da gaplaşa oldim. Sponsorlarning asosiy qismi quant trading kompaniyalar edi, ular stock marketni analiz qilar ekan va AI tadqiqotçilarni qidirayotgan ekanlar. Ular bilan gaplaşişdan foyda körmadim. Lekin ularda naqadar köp pul borligini qançalik qimmat sovğalar (suvenirlar) tarqatayotganlaridan bilib oldim.
Ertaga, ertalab soat 7:00dan qolgan 4 soatlik volontyorligimni qilişim kerak. Erta turib, mehmonxonadan narsalarimni yiğiştirib, ketişim kerak. Ertaga keçqurun Ulsanga qaytib ketaman. Seoulning tirbandligidan zerikdim. Qaytib, lagerim (campus)ga ketaman. Şunaqa gaplar.