Qwen3 Taxlil” uchrashuvdan olgan saboqlarim

Bir kuni o’zimga aytdim qani o’zimiz yig’ilib “paper review” qilsakchi deb.

Kimdir boshlab berishi kerakmi, axir?! Ha, shunda qaysi mavzuni tanlasam deb yurdim va oxiri qilmaydigan bo’ldim.

Bir nechta o’rtoglarim, davay sen uddalay olasan deganlari uchun, tavakkal qilib LLM xaqida paper olib chiqaman dedim va qwen3 tanladim.

Hayolimda, men zoom meeting qilaman, odamlar savollar so’raydi va men javob beraman yoki birga javob qidiramiz deb. Lekin, nima bo’lib chiqdi?

Men hayajonlandim, va qamrab olish kerak bo’lgan mavzular juda ko’p ekan. Yangi narsalarni o’rgandim-u lekin O’zbekchada sodda qilib tushuntira olmasligim, yoki zo’r tayyorlanmaganligim uchunmi deyman odamlar eshitmadi va odamlar tushunmadi. Kimdir qandaydir savol bilan chiqdi, men esa u savoliga javob berolmadim. Bilaman, bilmaslik bu tabiy xolat: odam hamma narsani bilmaydi.

Yana bitta muammo - bu vaqt muammosi chunki bo’lib o’tgan vaqt (16:00 Shanba) ko’p kishiga noqulay bo’lgandir.

Agar boshqatdan o’tkaza olganimda bu masterklassni, men bir marotaba bo’lsa ham yaxshilab repetitsiya qilib olardim. Uchrashuv davomida, kichik tanaffus va kichik latifalar aytish kerakligi. Va chizib tushuntirish uchun kamerami yoki online whiteboardni yaxshilab set-up qilishdir.

Nega men avvalroq repetitsiya qilmadim? Men ko’p bosh vaqtimni LLM from scratch qilish bilan va debug qilish bilan o’tqazdim, natijada faqatgina tokenizer train qilindim va qwen3 olib kirgan mavzulargacha qamrab ololmadim. Yana bu yakuniy imtixonlar haftasi bo’lgani uchun, ularga tayyorlandim.

Bunday masterklass qilishdan eng asosiy maqsad, ilmiy maqolalarni o’zbek tilida muxokama qilish va maqolani asosiy maqsadini anglash. Masterklasslardan olinadigan narsa - yangi savollar, fikrlar, yangi qarashlar almashishdir. Afsus birinchi xarakat o’ylaganimday bo’lmadi. Bu xuddi O’zbekiston terma jamoasi 5-0 yutqazgan kabi, dars bo’lib qoldi, dars!

Flag Counter