Kim aqlli odam? | Who is a smart guy

Bugun bitta xolat bo’ldi. U mendan so’radi: Nega sen muammoni bu tarafini ko’ra olmading? Nega sen bu muammoni “interface”idagi kichik muammolarga yopishib olding?

Men jim bo’lib qoldim. Bilaman va yana unutaman va yana xato qilaman. Meni “knowledge tree”im qayernidir optimize qilishim kerakligi bildiradi. Men, qachonki ko’p muammolar bir joyda tuplansa, birma bir yechishga xaqakar qilaman, lekin men o’ylab ko’rmadim bu xatolar xaqiqiy xatomi yoki faqat “interface”dagi xatolarmi deb. Ha, o’ylamadim. “Knowledge tree” qisqalik qildi.

Kimni aqlli odam deymiz? Maktabda, agar odam tez anglasa va yodlab qo’lishi tez bo’lgan odamlarni aqlliderdik. Tez anglash bu resultat, bu magazinda olgan qaytimingiz. Aqlli odamlarning katta ichki fikr yuritadigan daraxti (asos) bor. O’quvchi, bu gaplarimni ma’nosini chaqishga xarakat qiling.

O’sha ichki daraxtiga juda ko’p ishlov beriladiki, natijada, ular o’sha daraxtning shoxlariga suyanib, biror yangi mavzuni juda yaxshi qamrab oladi. Masalan, aqlli odam yangi mavzuga duch kelganda, u mavzuni bilmasligi mumkin lekin o’sha mavzuga shunchalik chuqur “interpolate” qiladigi, siz hayratda qolasiz.

Yana juda ko’p e’tibor bergan narsam, ular overthinkinggacha obormaydi.

Bunday “knowledge tree”ni qanday qurish mumkin? sekret yo’q bu yerda. Biror narsa o’rganasiz, o’sha narsani boshingizda juda-juda ixcham va sodda ko’rinishda saqlaysiz. Keyin yangi narsa o’rganasiz, keyin esa, u urgangan narsangiz, avval urgangan narsalaringizga o’xshaydimi? O’xshasa bu bilimlarni “merge” qiling. Tamom!

Aslida bizning hayot juda oddiy, biz, odamlar o’zimizni xayotimizni qiyinlashtirganmiz. Bitta gap yodimga tushub qoldi: “Sen, bilasanmi, sen hayot va odamlar xaqida juda ko’p gapirishing mumkin, lekin bu 90% vaqtni behuda sovurish. Undan ko’ra, sen faqat o’zingni xatti-xarakatingga e’tibor berishing samaraliroqdir.” Aytmoqchimanki, faqat sufaha(aqlli emas)lar, odamlarni criticize va odamlardan biror narsa kutadi.

Masalan, Enshteynni aqlli deymiz. Nega? U butun fizika qonunlarni umumlashtirgan. Yani u avvalgi olimlar kashf etgan xodisalarni barchasini bitta joy quya olgan va umumiy uxshashlikni topgan. Ya’ni, u shunday “knowledge tree” qilgandik, uzoq uzoqni ko’ra olgan (havo bulutli yoki tuman bo’lishidan qat’iy nazar).

Enshteynning “knowledge tree”si qanday bo’lgan? Uni asosiy maqsadi bilishimcha xaqiqatni qidirish bo’lgan yani knowledge tree “xaqiqatni izlash”dan nur olib usgan, o’sha “xaqiqat izlash” quyoshi doimo nur sochib turgan.

Xo’sh, ey yozuvchi, sen bu bilan nima demoqchisan? Men aytmoqchimanki, “knowledge tree”ingizga tez-tez qarab takomillashtiring, chunki dunyo lol qoldirishdan tuxtamaydi.

Flag Counter