23 Yillik Tajribam: 12-16 Yoshli Do‘stimga Ingliz Tili va Dasturlash Maslahatlari
Men ingliz tilini o‘rganayapman va dasturlashga qiziqaman. Nima qilishim kerak?
Mening 23 yillik maslahatlarim va topilmalarim. Quyidagilarni sinchkovlik bilan o’qing.
- Ingliz tilini birinchi o‘ringa qo‘ying Ingliz tili – bu butun dunyo texnologiyasi va bilimining kaliti. Birinchi maqsad sifatida IELTS 6.5–7.5 yoki TOEFL darajasiga chiqishni belgilang. Har kuni kamida 1–2 soat ingliz tiliga vaqt ajrating (Reading, Listening, Writing, Speaking). Ingliz tilisiz yaxshi dasturchi bo‘lish juda qiyin, chunki hamma yangi materiallar, hujjatlar va forumlar ingliz tilida.
- Kerakli vositalarni tayyorlang • Yaxshi kompyuter yoki noutbuk sotib oling (hech bo‘lmaganda 16 GB RAM, SSD va yaxshi processor bo‘lsin). • ChatGPT, Grok, Claude, Gemini kabi katta til modellarini (LLM) to‘g‘ri va samarali ishlatishni o‘rganing. Ular sizning eng kuchli o‘qituvchingiz bo‘lishi mumkin. • Internet xavfsizligiga e’tibor bering. Yosh bo‘lganing uchun ba’zi joylar xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun dastlab oflayn va faqat LLM lar bilan ishlashni kuchaytir.
- Eng muhimi: Mustahkam fundament qurish Ko‘pchilik yoshlar fundament qurmay, darhol “tez pul” yoki “tez natija” izlaydi. Natijada keyinchalik hammasi qulab tushadi. Fundament – bu umring davomida suyanadigan poydevor. Uyni qurishda fundament qanchalik mustahkam bo‘lsa, uy shunchalik baland va mustahkam bo‘ladi. Yoshing o‘tgan sari oila, ish, mas’uliyat ko‘payadi va o‘qishga vaqt qolmaydi. Shuning uchun hozir fundamentni quring.
Fundament nimalardan iborat?
-
Matematika va Chiziqli algebra (Linear Algebra) – AI, Machine Learning va algoritmlar uchun asos.
-
Kuchli muloqot qobiliyati – Ingliz tili + O‘zbek tili + imkon bo‘lsa Arab va Rus tillari.
-
Dasturlash tillari – Avval JS/Java/C/C++/etc (boshida o’rganishga sal qiyin bo’ladi), keyin Python (semechkaday chaqib tashlaysiz).
-
Operatsion tizimlar (OS) – Linux, Windows va macOS ni yaxshi tushunish.
-
Object-Oriented Programming (OOP) va Algoritmlar + Data Structures – bu dasturchining asosiy quroli.
-
Chet el universitetlariga tayyorgarlik – Faqat nufuzli universitetlarga (MIT, Stanford, Oxford, ETH Zurich, NUS, Tsinghua va h.k.) intiling. Nufuzli universitetlar darslar emas, balki kuchli professorlar, network, laboratoriyalar va muhit beradi. Bugungi kunda oddiy (95%) universitetlarning qiymati yo’q. Universitetlardan ko’p narsa kutmang.
-
Qidiruv ko‘nikmalarini rivojlantiring. Google yetarli emas. Quyidagilarni ishlating:
- Grok, Gemini, Claude, Perplexity
- Reddit, YouTube, Telegram kanallari
- Bing, Brave Search, Yandex, Naver
-
Kundalik refleksiya (Daily Reflection). Har kuni o‘zingizga 1–3 daqiqalik video yoki audio xabar yuboring:
- Bugun nima o‘rgandim?
- Qanday xatolar qildim?
- Maqsadimga qancha yaqinlashdim? Bu o‘z-o‘zini boshqarishni o‘rgatadi.
-
Bitta yo‘nalishga chuqur kiring. AI, Backend Development, Large Language Models (LLM), Cybersecurity yoki boshqa soha. Momentum yarat: bir mavzuni 3–6 oy davomida intensiv o‘rganing.
-
To‘g‘ri savol berish va professional email yozishni o‘rganing. Bu kar’yera va networkingda juda muhim.
-
GitHub’da faol bo‘ling.
- Ochiq loyihalarga contribute qiling.
- O‘zingiz yangi loyihalar yarating va ularni GitHub’da joylang.
-
Jamiyatlarga qo‘shiling va yordam bering. Discord serverlar, Telegram guruhlari, Reddit (r/learnprogramming, r/MachineLearning va h.k.), lokal IT meetuplar.
-
Qiyinchilik – bu signal. Agar biror narsa juda qiyin bo‘lsa, ikki narsadan biri:
- Sizning yondashuving noto‘g‘ri, yoki
- Qo‘shimcha yordam (yaxshi o‘qituvchi, tushuntirish) kerak.
-
Hacking va CTF bilan shug‘ullaning.
- Capture The Flag musobaqalari orqali xavfsizlik va muammolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantiring.
-
Odamlarning har gapiga ishonmang.
- Hozir juda ko‘p scam, ikkiyuzlamachilik va “tez boyib ket” sxemalari bor. Vaqt hamma narsani ko‘rsatadi. O‘z oltin vaqtingizni behuda sarflamang.
-
O‘z bilimingizni baham ko‘ring.
- YouTube videolari qiling (o‘qiyotganlaringiz haqida).
- Shaxsiy blog yoki Telegram/Reddit sahifasi oching. Lekin haddan oshirmang – sifat miqdordan muhimroq.
- Do’stingiz, qarindoshingiz, ota-onangizga aytib bering.
-
Dunyo oldida turgan muammolariga qarang va qayerga qiziqishingizni aniqlang.
- Quantum kompyuterlar, Dronelar, Marsni zabt etish,
- Suv, plastik muammolari.
- Yechilmagan matematika va fizika masalalari.
- Biologiyadagi, ginetikadagi muammolar.
- Iqlim o‘zgarishi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, energiya, AI xavfsizligi kabi katta muammolarni o‘rganing.
-
Salbiy odamlar va haterlardan uzoqroq bo‘ling.
- Ular yangi g‘oyalar va innovatsiyalarni ko‘rishga xalaqit beradi.
-
Asosiy haqiqatni unutmang va Shaytondan uzoq yuring.
- Laa ilaha illalloh – bu hayotdagi eng katta tayanchi.
- Qur’on kitobni tushunib o’qing va eslatma olib turing.
-
O‘zbeklar o‘rtasidagi ishonchsizlik haqida.
- Bu afsuski, haqiqat. Ko‘pchilik shunday tarbiyalangan. Lekin bu muammoni ilm, yaxshi tarbiya va texnologiya (innovatsiyalar) bilan bartaraf etish mumkin. Xafa bo‘lmang, buni to’grilaymiz.
Yakuniy maslahatlar:
-
Hamma narsani birdaniga qilishga urinmang.
-
Har oy 2–3 ta muhim narsaga e’tibor qarating.
-
Kichik, doimiy harakatlar katta natija beradi.
Ingliz tili + Matematika + Python + mustahkam fundament + to‘g‘ri odatlar = kelajakdagi kuchli va erkin inson.
Alloh o’zi to’gri yulga boshlasin! Omin!