Tulporlar xikoyasi
Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim zamonda shijoatli, mard va tezkor tulporlar bo’lgan ekan.
Ular uzoq masofalarga safar qilar va o’z yerlarini boshqa tulporlardan himoya qilar edilar. Ularni har birini o’z qobilyati bor edi. Chin so’zli edilar. Bir-birini haqqini yemaydilar. Hammasi bir oila kabi bir maqsadda birlashgan edilar. Ularga Sardori bosh qosh edi.
Sekin oqibatlari bir kuni dars ketdi. Tulporlarning Sardori vafot etgan edi. Tahtga talash va fitnalar yoyildi bir zumda. Aka-ukalar, to’galar, amakilar tahtga egalik qilishni hohlab qolishdi. Orada sovuqlik o’tdi.
Shaytonning nayranglariga ishonib, fitnalar qila boshladilar.
Oxir oqibat, buyuk tulporlar oqibatiga butur ketdi va kichik qabila bulib ajradilar. Bir birlariga nafrat ko’zi, hasad ko’zi bilan qaray boshladilar. Fitna orqali erishilgan taxtni axmoq tulpor egalladi va xalqni qo’rquv va zurlash bilan ishlab turdi.
Qurquv bilan ishlangan xalq, faqat ertagacha tirik qolsam deb yashadi va shoxni aytganini tafakkur qilmasdan bajardilar.
Axir bajarmasalar, qatl etilar edilar. Qurqoq shoxning qo’lindan boshqa hech narsa kelmadi. Bosma mashinasi (“Printing press”) - bu kofir (shayton) uskunasi deb gap tarqatdilar. Axir kimga kerak qurqoq xalqqa bilim berish? (Samarkand qogozi vs Printin press)
Bu narsa naxt 200 yil davom etdi.
Mard tulporlarni shox qatl etardi, yosh navquron tulporchalar esa, kattalariga qarab faqat ertagi kunni va shoxni gapi qilishni xaq deb topdi.
Axir ota-bobolarining bir nechta avlodlari (bir avlodga 30 yil bersak 200/30 = 8 avlod) yildan beri shunday qilardi.
U yetmagandek, bir kuni bechora otlarni barchasini 2 oyoqda yuradiganlar tutib oldilar va katta otxonaga tiqdilar.
Tulporlar endi umuman erkin nafas ololmas edilar. Ularni barchasini katta otxonaga tiqishdi. Va katta otxonaning o’ng tarafida zina va katta oynali deraza qilib quyishdi. U oynali deraza bepayon manzarani ko’rsatar edi. Bekorga emas edi.
Boshida tulporlar jumard va o’limdan qo’rqmas edilar. Bu panjaradan chiqib ketamiz degan edilar. Ammo menman degan otlarni olib, do’stlari oldida olib ketishar edi “so’roqqa”.
Otxona egasi ularni qiynashar edi, va jimida go’shtga topshirar edilar.
Buni ko’rgan boshqa otlar qo’rqib, sekin asta ovozlari chiqmasdan qolardi.
Ammo har safar biron ot, o’ng tarafdagi zinaga chiqib bepayon yeru adrlar va suv chamanlarni ko’rib, o’z shijoati (ERK) qayta-qayta qo’zgar.
Ular boshqa tulporga motivatsiya berib turar edilar va agar buni otxona egasi payqab qolsa, o’sha sara mardlarni xalq ko’zida terib olib ketar edilar.
Shunday qilib, faqat gapga kiradigan, quyondek qo’rqitilgan otlar qolgan edi.
Ular qurquv ostida va nima uchun og’alari birin ketib olib ketishlarnini hech tushunmas edi. Axir hammasi o’sha bepayon manzarani (erkinlikni) ko’rmagan edilar.
Kunlar o’tdi. Oylar o’tdi. Otlar farzandlar ko’rdi.
Tabiyki yosh farzandlarini yaxshi ko’radi va ularni ot egasi olib ketmasligi uchun ularni asraydilar va chegaraydilar.
Qachon yosh va tez yuguradigan yoshga yetganida, o’sha tulporchalar ong tarafda joylashgan chang bosgan zinani ko’radi va onasidan so’raydi.
Onajon bu zinaga nega hech kim chiqmaydi? U nima uchun qilingan?
Onasi, og’alari shu zinaga chiqqani uchun o’rdirilgan deb o’ylab, bolasiga tanbeh beradi va bolam quy, unga chiqma. Menga so’z ber unga chiqma deydi. Meni desang unga chiqma, so’z ber deydi. Lekin bolani qoni qiziydi va tunda onasi uxlaganda biribir unga chiqadi. U yerda esa, oy nuri yoyilib turgan edi. U manzarani birinchi marta ko’rgan edi.
Qoravul-ot o’sha otchani kechki payt payqab qoladi va o’ni u yerda olib, kaltaklaydi va onasini oldiga oboradi. Bola shokda edi. U hech narsani tusgunmadi. Xaqiqat shudir dedi. Boshini egdi. Bola ot, o’sha yoshligidan beri boshqa qizikuvchanlik qilishni va savol berishni tamom unutdi. Bu ot bilan billa katta bo’lgann barcha otchalar katta ot bo’ldi, faqat yer xaydash va faqat paxta uchun yer haydashga. Hech kim savol bersam edi. Lekin otxona egasi ko’rsalar, katta otlarning tizzalar qaltirar edilar. Yolgon, fitna, bir biridan ko’rqish, qushnisidan sir saqlash. haromdan yeyish. faqat ovqat haqida o’ylash va kayfu safo.
Yillar ot’di shu zayin. Va oxir otxona egasi vafot etdi. Barcha otlar negadir hursand va kulishni o’rniga yig’lashdi va otxonachini faqat yaxshi taraflarini mahtadilar va esladilar.
Yangi otxonachi yosh va adolatli edi. U bitta narsaga aqli yetmas edi, nega otlar o’ng taradagi zinaga hech chiqmas edilar. Zina otni oyog’ini chinikdiradi va soglom qiladiky. Yangi otxonachi otlarni o’z xoliga qoydi va ularga bor dunyoni ko’rsatmoqchi edilar. Shunga u o’sha zina tepasidagi oynani ioxir oqibat sindirdi va ozodlikka chiqich uchun katta yo’lak qilib qoydi.
Lekin u yullakka na yoshi kattalar va yoshlar borishar edi. Ularni jamiyati yangilikka qiziqmas, va zinaga (tafakkur) qilish ularni o’limga olib keladi deb o’ylashdi. Yosh, endi navquron otchalar chiqib ketishdi.
Yosh navquronlar, o’zlariga past nazar bilan qarashar edi. Erkinlikda bir kuni ular otlar musobaqasiga duch kelishdi. Ular ham qatnashib ko’raylik dedilar. Axir barcha ot yugurishni yaxshi ko’radiku.
O’sha musobaqada, yosh otlar hammadan ozib ketgan edilar. Yosh otlar o’zlari hayron. Axir ular bilishmashdi, avvaldan ota bobolari eng zo’r tulporlar edilar!
Shundan so’ng bu otlar uyga qaytib boshqa otlarga motivatsiya berdi. Lekin bu narsa katta avlodning boshiga hech sig’mas edi. Kattalar hali beri, zinaga chiqmagan edilar.
Ular farzandlarini ham chiqmaslikka tarbiya qilyotgan edilar. Quy, uni qilma, bo’lar ishni qilsang bo’lmaydimi? Sen nima olim bo’lasanmi?
Bor, yerni ag’dar undan ko’ra deyoshar edilar. Ammo yosh tulporchalar gaplariga kirmas edilar va ular yanada ko’plari, tashqariga chiqib ketishar edilar va o’z orzulari tomom intilishar edilar.
O’sha yorug’ ertaga va o’zlarini kuchli va mardliklari qayta uyg’onayotgan edi.
Davomi bor…
[Kamchiliklar bor. Firk, yoki xatoni to’grilamoqchi bo’lsangiz, aloqa chiqing. Rahmat.]