Mening Koreyadagi xayotim yohud (Koreyadagi student davrim (oltin davrim)

Bu inshoni soat 22:43 29 sentyabr, Seongnam shaxrida matrassda o’tirib yozyapman. O’zi anchadan beri yozaman deb yurgan edim (Prokrastination)ga o’ta berilib ketgan edim. Fikrimni oson yozish uchun yillarga bo’lib chiqaman.


2022: - Salom Koreya


Koreyaga iyun oxirgi haftasida uchib kelganman. Bir yarim oy Cheongju shaxrida yashab, kechqurun ishlardim 12 soat, kunduzi esa uxlardim, shanba va yakshanba aylanardim. Huddi hamma o’zbeklar qiladigan ish-da xullas kalom. Lekin, ich-ichimdan bu hayot tarzi umuman yoqmas edi. Nega? Chunki kelajak yoq edi, qaysiki mening kun sayin bilimim oshmas edi. O’z o’zim, shuning uchun Koreyaga keldimmi? degan savollar yeb quyar edi. Kechqurun zavodda ishlayotgan, qayerdan bo’lmasin qog’oz yoki karton va ruchka olib, yozar edim miyyamga nima kelsa. Odatda kompyuter visionga oid har xil g’oyalar kelar edi. Qo’llarim kartoshka chips karobkalarni taxlasa, miyyam butunlay g’oyalar og’ushida yurar edi. O’sha g’oyalar soat tonggi 3 va 4 oralarida kelar edi. U g’oyalar beg’ubor, chin yurakdan sizib chiqar edi. Masalan, thanosni (Marvel qaxramoni) toshlariga o’xshab AR yasaganim yoki ko’zinginzi qimillatib o’yin uynashingiz. Shularni qilar edim. Keyin esa Daejeon shaxriga bordim va o’qishimni 3-chi semesterdan boshladim. Mendan ertachi kelgan bolalar yo’l yurug’ ko’rsatishgan va shunday qilib oshxonaga borib qoldim ishlashga. Keyinchalik esa, “SGP” (Sol-Green Police) degan voluntyorlik ishiga kirib oldim. Ham ish, ham o’qish edi. Tong saharda turar edim, namoz o’qib, stadionga chiqib yugurib kelar edim, keyin kokteyl ichib kunimni boshlar edim. Kechkurun esa, soat 21:00 bo’lmasi uxlar edim. Yana o’sha yillari, o’zimga o’zim kar kunimni videoda izohlab berar edim. O’sha yili youtubda videolar chiqarishni boshlagan edim.

2023: O’qish davrim Daejeon


O’qishimni sistemasini yaxshi o’rganib olgan edim va 100% grant qo’lga kiritganim uchun, o’qishni vazifalari va darslariga tayyor borar edim. “Notion” degan illova orqali izohlar olar edim (konspekt qilar edim). Men uchun juda katta ish bo’lgani - bu KAISTdan (Koreyada 1 raqamli instituti) do’stlar orttirishim va ular bilan musobaqaga qatnashishim bo’lgan. O’shanda xaqiqatdan ham, diplom hech narsaga arzimashini va KAISTdagi bolalar va boshqa o’qishdagi bolalar bilan bir xilligi va xarakat (g’ayrati) furqon bo’lib ajratib tutar ekan. O’sha yili, yugurishni odat qilib olgan edim, ayniqsa uzoq uzoq masofalarga. Sheriyat dunyosi menga ochildi va kitobga yana ko’p mexr qo’ydim. Asta sekin, ertalab yugushlarni o’rniga kurashga borishni boshladim. Kurashga mehr qo’ydim. Kurash musobaqasiga borib keldim yilni oxirisida. Har kunim mazmunli va yuqori kayfiyatda edi. Ishim bor edi, o’qishimdan to’liq grantim bor edi. Lekin u hayotda baribir nimadir kam edi. Kelajak yo’q edi desam bo’ladi. Bilardim ikkala ishim ham student bo’lganim uchun borligini. Lekin momentumim balan bo’lgan ekan, tong saxar ishga ketar edim ishlashga va boshqa payt networking uchrashuvlarga va hokazo. Daejeonga o’ta urganim qolgan edim. Kichik bir xonali uydan, 1.5 xonali uyga o’tdim va 2 xonadosh bilan yashadim. Xonadoshni sizni kuningizni samarasini belgilaydigan katta omildir! Kompaniyaga ishga joylashdim va shu bilan O’zbekistonga 15 kunlarga borib keldim orada.


2024: – Boshlanish


8 meter kvadrat joyda 2 oy yashab, boshqa uyga ko’chdim, ishimda davom etdim. Kashfiyotlar davri. She’riyatga ancha berilib ketishim, momentum tushishi va depressiya. Internetdan, ijtimoyi tarmoqda uzoqlashishim, kurashdan boksga, boksdan pianino chalishga, pianinodan suzishga, orada uzoq masofaga marafon va velo sayohatlar. Seongnam shaxri tez va shiddatli edi. U daejeondagiga o’xshamagan, kattaroq shaxar edida. O’zbek uchrashuvlarda networking qilish va shunday uchrashuvlarni tashkil qilishga yordam berdim. Bir oy jim yurishim, ko’p kitoblar o’qishim ham badiy ham texnik. Yaponiyaga sayohat, yondavtarcha bilan qalam olishni doimiylikka solish, kompyuter oldida 12 soatlab kuniga o’tirishlar. Bomdodni o’qib keyin soat 8:30gacha uxlashlar momentumni tushurib tashlagan ekan. Momentum. Boks musobaqasida yutkazishim, Busanga hackathonga borib kelishim, momentum 0 bo’lishi va hech kimga bir oy so’z gapirishmasligim. Bilmasam nega unday qilgan ekanman. Bu narsalarni xozir o’ylay ololmayapman.


2025: – Yorug’lik


Qish paytlari daftar, qalam va sham bilan uyda o’tirishim, yondaftarchani hamma joyga birga olib yurishim, kitoblar mutolaa qilishim, meni ancha zamondan boshqa joyga olib bordi. Momentum 0 edi, soch taralmagan va uzuun bo’lib ketgan edi. Baxor payti yangi uyga ko’chdim. Tomdan uy oldim. Yulduzlar va tog’larni ko’proq ko’rish uchun. Momemtum o’sib borar edi. Ertalab bomdod o’qib qaynatilgan tuxum olib, 1 soat suzishdan keyin soat 7dan ishlar edim. Toki 12:00gacha chuqur ish payti edi. May oyi butunlay hamma narsalarni tashlab tahajjutda o’tirdim. O’tirib chiqqanimdan so’ng, va Ozbekistonga borib kelganimdan so’ng, momentum 100% chiqdi, va xozir yana sekin sekin tushib bormoqda. Lekin o’qishni shunday qilib tugantdim. Bitta joyda ishlab yuribman, lekin bu ish ham vaqtincha, bir necha oydan so’ng tugaydi va men yangi hayotga qadam bosaman. Aslida juda ko’p narsa bo’ldi shu oxirgi yillarda. O’qishni 1.5 yil amaliyotda utab tugatishim, Imtihonlar topshirishim. Youtubeda live stream qilishlar yana meni mometunimni qaytaryapti. Alloh hidoyatga boshlasin! Bu narsalarni xozir o’lab ololmayapman, lekin bir kuni hammasi yaxshilikka bo’lganini va yaxshiyam shunda bo’lgan ekan deb qolaman. Lekin u kungacha yanada qattiq o’qishim va odamlar foyda olib kelishi kerak. Shu o’tmishga qarar ekanman, yanaqa qattiq o’qisam bo’lar ekan degan fikr keladi. Ishonaman hammasi yaxshilikka bo’lganini va men xozir uxlab ertaga ertalabdan kunimni boshlashim kerak. U kun meniki bo’lishi kerak! Momentumingizni saqlang va baland tuting!
Xatolar uchun uzr, ularni asta sekin to’g’rilaymiz.
Hurmat ila,