`O’lik qalb` tushunchasi - Devoni Xikmat kitobidan

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.

Bir necha kun avval, kichik Gwangjudagi Pokistonliklar masjidida o’tirgan edim. Shom namozini o’qib bo’lib, istog’for aytyotganimda, kitob javoniga ko’zim tushub qoldi. Bitta eski muqovali kitobni oldim. Qarasam, eski shrifda ‘Xoji Ahmad Yassaviy - Devoni Xikmat’ deb yozilgan ekan. Masjidni pano joyiga o’tib, shu eski, skotchlangan, ruchka bilan ko’p martda chizilgan kitobni varoqlay boshladim: Kitobni kirish qismini o’zida, ko’p lol qoldirgan narsalar bo’ldi. Eng esda qolarlisi bu Yassaviyning “Maning xikmatlarim dardsizga aytmang!” degan gapi bo’ldi. Menga aynan shu domino parchasi yetishmayotgandek edi. Shu gaplari domino effectini yaratdi (miyyamdagi barcha domino parchalari ulandi.). Boshqacha qilib aytganda, men shu tushunchani qanchalik hayotimda aktualligi ko’rib hayron qoldim.

Qalbni o’ldiradigan 8ta narsalar

(1) Siz, Alloh xaqqini bilursiz, (2) ammo uni o’rnida ado qila olmaysiz. (3) Qur’on qiroat qilasizlar, (4) biroq uning talablariga rioya qilib bilmaysizlar. (5) Biz xazrati payg’ambarni sevamiz dersiz, (6) lekin sevgingizdagi nuqsonni faxmlamaysizlar. (7) O’limdan qo’rqamiz, dersizlar, (8) ammo o’limga xozirligingiz yo’q.

Alloh taolo: “Muxaqqiq, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman bilinglar!” deya buyuradi. Siz esa gunoh qilib shaytonga buyin egursiz.

(1-2) Aynan nima qalbni o’ldirar ekan? Allohning xaqqini ado eta olmastlik. Buyuk xaqq bu Allohga ibodat qilish va unga biror narsani shirk keltirmastlik.

(3-4) Qur’on tilovat qilamiz, lekin uni tushunmaymiz. Bilib turib bilsatlikka olish. Yodlagan surani manosini yaxshi anglamastlik, menimcha.

(5-6) Sevgida qanday nuqson bo’lishi mumkin? Sevgida nuqson deb, xaqiqiy sevmaslikmi? Ko’r-ko’rona sevishmi? Gapda aytilinadi, lekin amalda ko’rsata olmastlikmi? Masaln, yolg’on gapirmastlik, ammo bilib turib yolg’on gapirish.

(7-8) O’limga xozirmisiz? Qarzingiz yokmi? Xafa qilgan odamingiz yo’qmi? O’zingizdan nima qoldirib keta olasiz? Sizdan shu kungacha nima qoldi? Telefoningizni kim ishlatadi, rasmlaringizni kim ko’radi. Yozgan va qilgan mehnatlaringizni kim baxramand oladi. Sizni yaxshi tomondan yod etuvchilar bormi? Siz xaqqingizga duo qiluvchilar bormi? Odam shu savollarni o’ziga berib, nafsini jilovlashi kerak.

Endi o’zingizdan so’rang: “Mening qalbim tirikmi?:

Ey aql-idroq soxibi, xaqqoniy xolis o’ylab ko’ring.

Ahmad Yassaviydan qalblari tiriklar uchun bir xikmat:

To’ldi umr paymonasi, man yig’lamay kim yig’lasun?!
Shayton ko’ngul hamxonasi, man yig’lamay kim yig’lasun?!
Qilmas nasihat hech kishi, isyon bila bo’ldi ishim,
Mundog’ kechib yozuq ishim, man yig’lamay, kim yig’lasun?!
Qottig’ gunoh bo’ldi ishim, jahannamda bo’ldi yerim,
Oxir g’azab qilsa Karim, man yig’lamay, kim yig’lasun?!
Qur’on xatin ko’rmas ko’zum, oyat-hadis ermas so’zum,
Qulman desam, yalg’on o’zum, man yig’lamay, kim yig’lasun?!
Na mundadur ro’za-namoz, na xayr, ehsonu niyoz,
Yo’q haqiqat, xayri niyoz, man yig’lamay, kim yig’lasun?!
Nafsim mani o’tqa solur, har lahza tandin jon olur,
Dardim davo tobmay qolur, man yig’lamay, kim yig’lasun?!
Shayton g’animdur mango, nechuk aylay yo Rabbano,
Yo Rab, sig’inurman sango, man yig’lamay, kim yig’lasun?!
Yigitlik quvvati ketti, qariliq navbati yetti,
Keldi yaqin margi ajal, man yig’lamay, kim yig’lasun?!
Tutqoy o’lum jomi sharob, xonumon qilg’on xarob,
Yo hasrato, alal-abad man yig’lamay, kim yig’lasun?!
Agar yuz yil muhlat berur, ajal oxir qorshu kelur,
Jong’a qaro kunlar solur, man yig’lamay, kim yig’lasun?!
Dunyo ishi(dur) bir sori, nafsim erur (dushman) bori,
Uqbo erur hasrat yeri, man yig’lamay, kim yig’lasun?!
Qildim base, fisqu fujur, qoldim netay mahrumu dur,
Ko’nglumda yo’qtur zarra nur, man yig’lamay, kim yig’lasun?!
Haqdur Karim yo akram, Qul Xoja Ahmad, yema g’am,
Darmondalik dambadam, man yig’lamay, kim yig’lasun?!

Manba: Ziyouz.uz Flag Counter